Siz bilishingiz kerak boʻlgan vaziyatni toʻliq ochib bermoqchimiz. (Bizning ijtimoiy tarmoqlarga aʼzo boʻling va qoʻllab-quvvatlang!) Oʻzbekistondagi davlat hokimiyati quyidagilardan iborat:
1. Prezident
2. Oliy Majlis
3. Vazirlar Mahkamasi
4. Sud hokimiyat — shulardan iborat va bundan tashqari Markaziy saylov komissiyasi va Prokuratura ham bor.
PREZIDENT. Oʻzbekistonda prezidentlik lavozim sifatida 1990-yil 24-martda taʼsis etilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga 35 yoshdan kichik boʻlmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil Oʻzbekiston hududida muqim yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi (7 yil muddatga) mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentlari:
1. Islom Karimov (1991-2016)
2. Shavkat Mirziyoyev (2016-hozirgacha)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi — Prezidenti faoliyatini axborot-tahliliy va tashkiliy-nazorat jihatdan taʼminlashni amalga oshiruvchi davlat organidir. Prezident administratsiyasida prezident yordamchisi 11 nafarga koʻpaytirilgan va umumiy 16 ta lavozim mavjud.
Prezident huzuridagi tashkilotlar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat
xizmatini rivojlantirish agentligi
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va
mintaqalararo tadqiqotlar instituti
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil
4.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi
5. Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidenti huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov
nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasi
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahridagi Xalq qabulxonalari
7. Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi
8. Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
9.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar
markazi
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh
boshqarmasi
OLIY MAJLIS. Oliy davlat vakillik, qonun chiqaruvchi organi boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan — Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senat (yuqori palata)dan iborat. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senat vakolat muddati — besh yil.
Uchta asosiy davrga boʻlinadi:
Birinchi davr: 1991-1994 yillar (Oʻtish davri parlamenti - Oliy Kengash)
Ikkinchi davr: 1995-2004 yillar (bir palatali parlamenti-1995 yildan, ikki palatali parlamentga oʻtish-2004 yildan)
Uchinchi davr: 2005 yildan hozirgi paytgacha.
Qonunchilik palatasi jami: 5 ta fraksiya (partiyalar), 12 ta qoʻmita, 3 ta komissiya, 150 nafar deputatlar va qonunchilik palatasi Devonidan iborat.
Qonunchilik palatasi Devon rahbariyati va Komissiyalar
Qonunchilik palatasi Devon rahbariyati, Odob komissiyasi, Yoshlar masalalari boʻyicha komissiya va boshqa tuzilmalardan iborat.
SENAT. Ijtimoiy-siyosiy va davlat-mintaqaviy vakillikni ifoda etadi. Barcha hududlardan 4 kishidan, Prezidenti tomonidan 9 nafari tayinlanadi va jami 100 nafar. Senat 10 ta qoʻmita, 3 ta komissiya, 100 nafar senator, Senat devonida 17 ta boʻlim, 6 ta Respublika komissiyalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi yoshlar parlamenti faoliyat olib boradi.
Respublika komissiyalari: Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʻyicha Respublika kengashi, Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari boʻyicha Milliy komissiya va boshqalar.
VAZIRLAR MAHKAMASI. Vazirlar Mahkamasi — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati ijro etuvchi hokimiyatning oliy organidir. Jami: 21 ta vazirlik, 4 ta agentliklar, 5 ta qoʻmitalar, 14 ta hokimiyat, 1 ta jamgʻarma mavjud.
VAZIRLIKLAR (21 ta): Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi; Iqtisodiyot va moliya vazirligi; Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi va boshqa 18 ta vazirlik.
HOKIMIYATLAR: Qoraqalpogʻiston respublikasi vazirlar kengashi, 12 ta viloyat hokimligi va Toshkent shahar hokimligi.
SUD HOKIMIYATI. Sud hokimiyati — hokimiyatlar boʻlinishi qoidasiga koʻra, davlat hokimiyatining alohida va mustaqil tarmogʻidir. Odil sudlovni amalga oshiradi. U Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi va Oliy sudidan iborat.
Sudlov hayʼatlari: Fuqarolik ishlari boʻyicha, Jinoyat ishlari boʻyicha, Maʼmuriy ishlar boʻyicha va Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatlari.
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI. Markaziy saylov komissiyasi — Oʻzbekiston Respublikasi hududida Prezident, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Oliy Majlis Senati aʼzolari saylovini va referendumini oʻtkazish. Saylovlarning ochiq va oshkoraligini taʼminlaydi.
PROKURATURA. Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlarining asosiy vazifalari qonun ustuvorligini taʼminlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilishdan iborat.
Umumiy maʼlumotlar: Oʻzbekiston Respublikasi umumiy maydoni 448,9 ming km.kv.ni tashkil etadi. Oʻzbekiston aholisi 36 858 786 (2024 yil 1 fevral holati) nafarni tashkil etadi.
DAVLAT RAMZLARI: 1. Davlat gerbi — 1992-yil 2-iyuldagi 616-XII-sonli Qonun bilan tasdiqlangan. 2. Davlat bayrogʻi — 1991-yil 18-noyabrdagi 407-XII-sonli Qonun bilan tasdiqlangan. 3. Davlat madhiyasi — 1992-yil 10-dekabrdagi 768-XII-sonli Qonun bilan tasdiqlangan.
